Oʻzbekistonda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkaziladigan eng yirik xalqaro tadbir — Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasini qabul qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Forumda 190 ga yaqin mamlakat parlamentlari ishtirok etadi, muhokamaning asosiy mavzusi ijtimoiy taraqqiyot va adolat boʻladi.