“Atletiko Madrid” Oʻzbekistonni targʻib qilishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi “Atletiko Madrid” futbol klubi vakillari bilan uchrashdi. Ushbu klub orqali respublikaning jozibador sayyohlik yoʻnalishi sifatidagi nufuzini oshirish taklif etildi.

Foto: Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati

Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Ispaniyaning eng mashhur futbol klublaridan biri — “Atletiko Madrid” rahbariyati vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda targʻib qilish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. “Atletiko Madrid”ning dunyo miqyosidagi obroʻsi va keng qamrovini inobatga olgan holda, ushbu klub orqali Oʻzbekistonning jozibador sayyohlik yoʻnalishi sifatidagi taniqligini oshirish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosini keng ommaga tanitishga qaratilgan qoʻshma reklama kampaniyalarini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda targʻib qilishda muhim qadam boʻldi va turizm sohasidagi marketing strategiyasini amalga oshirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.