Ukrainada Markaziy Osiyo davlatlaridan 30 ga yaqin fuqaro asirlikda qolmoqda

O‘zbekiston

Rossiyaning Ukraina bilan urushi boshlanganidan beri harbiy xizmatchilar Markaziy Osiyo davlatlaridan 30 ga yaqin fuqaroni asirga olgan. Kiyevda tushuntirilishicha, harbiy asirlarning fuqaroligi asosan ularning soʻzlaridan aniqlanadi, chunki ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoʻq.

Foto: Vaziyatga oid / X.com/JuntaChronicles

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuv boshlanganidan buyon har ikki tomon harbiylari Markaziy Osiyo davlatlaridan oʻttizga yaqin fuqaroni asirga olgan. Bu odamlar aynan qaysi davlatdan ekani hozircha nomaʼlum, chunki harbiylarda oʻzlari bilan hujjatlar yoʻq edi. Bu haqda Ukraina Adliya vazirligi xabar berdi, deb yozadi “Новости Приазовья”.

“Ukraina harbiylari Markaziy Osiyo davlatlaridan oʻttizga yaqin fuqaroni asirga oldi. Harbiy asirlarning fuqaroligi asosan ularning soʻzlariga koʻra aniqlanadi, chunki ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar koʻpincha yoʻq”, — dedi Ukraina adliya vaziri Olga Stefanishina.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, “qamoqda saqlanayotgan harbiy asirlar, fuqaroligidan qatʼi nazar, xalqaro va milliy normativ hujjatlarda mustahkamlangan bir xil huquqiy maqomga ega”.

“Harbiy asirning fuqaroligi, shu jumladan ikki tomonlama fuqaroligi uning huquqiy maqomiga taʼsir qilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.