Oʻzbekistonda retseptsiz dori-darmonlar narxini cheklash tartibi bekor qilinadi
1-apreldan Oʻzbekistonda 2017-yildan buyon amalda boʻlgan tibbiy buyumlar va retseptsiz dori-darmonlarning narx cheklovlari bekor qilinadi. Hozirda cheklangan ustama distribyutorlar uchun 15 foiz va dorixonalar uchun 20 foizni tashkil etadi.