
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligida rahbar o‘zgardi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bekzod Hamrayev Statistika agentligiga rahbar bo‘ldi. Markaziy bankda u pul-kredit siyosati, monetar operatsiyalar va statistika masalalarini nazorat qilgan. Undan avvalgi Bahodir Begalov yanvar oyida lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasmiy ma’lumot berilmagan.