
Oʻzbekistonda Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Yangi jamgʻarma ilmiy va tahliliy loyihalarni moliyalashtiradi, shuningdek, tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi. Mablagʻlar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida jamlanadi, ularning taqsimlanishi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan nazorat qilinadi.