2100-yilga kelib dunyoda yuzlab tillar yoʻq boʻlib ketishi mumkin

Dunyo

Tilshunoslarning bashoratiga koʻra, XXI asr oxiriga kelib 279 til sohiblari yoʻqoladi. Asr boshidan beri 88 ta sheva yoʻq boʻlib ketdi, ular orasida Amerika va Okeaniya mahalliy xalqlari dialektlari ham bor edi. Olimlarning taʼkidlashicha, tillarning qirilib ketish surʼati oʻsishda davom etmoqda.

Foto: Colourbox

2100-yilga kelib dunyoda 279 ta til yoʻqolib ketishi mumkin, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Yuriy Koryakov.

Tilshunoslarning maʼlumotlariga koʻra, XXI asr boshidan beri 88 ta til, jumladan, Indoneziyaning shimoli-gʻarbiy papuaslari tili, Bering orolida ishlatiladigan aleut tili lahjasi, shuningdek, tekislik apachlari tili yoʻqolgan.

Koryakovning taʼkidlashicha, XXI asrda tillar oʻn yil ichida oʻrtacha 40 ga yaqin tezlikda yoʻq boʻlib ketmoqda. Taqqoslash uchun, butun XX asr davomida 256 ta til barham topdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.