Oʻzbekistonda yoʻl bezoriligi uchun javobgarlik joriy etilmoqda
Senat yoʻllarda tajovuzkor xatti-harakatlar uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni maʼqulladi. Qoidabuzarlar ikki yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi va katta jarimaga tortilishi mumkin. Qonun, shuningdek, jarima ballari tizimini joriy etadi va mast holda takroriy haydash uchun javobgarlikni kuchaytiradi.