Dam olish kunlari O‘zbekistonda jazirama kuchayishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Mamlakatning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi yoki o‘zgarib turadi. Yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan yiroq. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Kechasi 18-27 daraja iliq, kunduzi janubiy viloyatlarda 36-41 darajagacha issiq bo‘ladi. Kunduzi respublika bo‘yicha o‘rtacha 32-37 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda kechasi 12-17 daraja atrofida, kunduzi 28 darajagacha salqin bo‘ladi.