15-iyulda kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42° gacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39°.
Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, ayrim tumanlarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.