21-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 35-45°, cho‘l va janubiy hududlarda 45° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 39-41° bo‘ladi. Tog‘larda 35° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.