O‘zbekiston hududiga biroz nam va o‘tgan haftadagiga nisbatan kamroq issiq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 34-37 darajagacha pasaydi, bu iyul oyining oxiri uchun iqlimiy me’yorga yaqin.

To‘g‘ri, namlikning ortishi haroratning pasayishi ta’sirini biroz kamaytirdi, ayniqsa, tungi soatlarda havoda dimlik sezildi, — deb yozadi O‘zgidromet.

Ushbu haftada respublika hududi bo‘yicha harorat foni sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Harorat asosan aksariyat viloyatlarda 32-37 daraja, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 38-40 darajagacha bo‘ladi.

Ushbu haftada yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va respublikaning tog‘li hududlarida bugun kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi. Harorat kechasi 21-24 daraja, kunduzi 34-37 daraja bo‘ladi.