28-iyulda kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37° bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s, ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang ko‘tarilishi bilan. Havo harorati 35-37° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° atrofida bo‘ladi.