31-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 31-40 daraja, janubda 40 darajagacha, shimoli-g‘arbda 31 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 34-36° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda 28 darajagacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi va shamol kuchayishi mumkin.