2-avgustda kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-36° bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, ayrim tumanlarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.