5-avgustda kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-38° bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/s. Havo harorati 35-37° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.