11-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 33-42°, janubda va cho‘l hududlarda 42° gacha, sharqda 39° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 38-40° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 33° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.