15 va 16-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda 16-avgust kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 15-16-avgust kunlari 30-35o, janubda 38o issiqqacha bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havoning kirib kelishi kutilmoqda va havo harorati 2-3o gacha pasayadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Bugun va ertaga Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, 17-avgust, yakshanba kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 10-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-21°, kunduzi 15-16 avgustda 32-35°, 17 avgustda 28-30° bo‘ladi.