16-avgustda kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s, ayrim joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang ko‘tarilishi bilan. Harorat 33-35° atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26° bo‘ladi.