18-avgustda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, faqat sharqda va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 30-37°, janubda 37° gacha, sharqda 32° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 32-34° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 18-23°, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol kuchayadi.