21 avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 30-40°, janubda 40° gacha, sharqda 35-37° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 34-36° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 25-30°, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.