13-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi, ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Havo harorati kunduzi 3 daraja iliqdan 16 daraja iliqqacha, shimoli-g‘arbda 8 daraja iliqqacha, markaziy viloyatlarda 11 daraja iliqqacha, janubda 16 daraja iliqqacha bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarga tuman tushadi, harorat kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.