Samarqand aholisi bilishi kerak: yoʻl xizmati xodimi nomidan kim pul soʻragan

Samarqandda voyaga yetmagan shaxs aniqlandi. Viloyat YHXB maʼlumotiga koʻra, u boshqarma xodimi Xurshid Safarov nomiga Telegram akkaunt ochib, odamlardan pul soʻragan. Kimdandir qarz soʻragan, kimgadir jarimani zudlik bilan yopish kerakligini aytgan. Hozir uning boshqa shunday holatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

O‘zbekiston

Samarqandda yoʻl xizmati xodimi nomidan firibgarlik qilganlikda gumon qilingan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi, deya xabar berdi Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.

Idora maʼlumotiga koʻra, u boshqarma xodimi Xurshid Safarov nomiga Telegram akkaunt ochgan va uning nomidan turli bahonalar bilan odamlardan pul talab qilgan. Baʼzilardan qarz soʻragan, boshqalarga esa toʻlanmagan jarimani zudlik bilan yopish kerakligini aytgan.

Hozir tergov tadbirlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻsmirning boshqa shunday holatlarga aloqadorligini ham tekshiradi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil oktabrida oʻzini Prezident Administratsiyasi va DXX xodimi deb koʻrsatgan toshkentlik haqida xabar qilingan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Boshqa mashinaning yoʻlini toʻsgan: Samarqanddan tarqalgan video qanday yakunlandi O‘zbekiston Farg‘ona va Samarqand aeroportlari yaqinida havo nazorati stansiyalari o‘rnatildi O‘zbekiston Xitoy kompaniyasi Toshkent—Samarqand pulli yo‘lini quradi O‘zbekiston Samarqandda giyohvandlik jinoyatlarining transmilliy tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tmoqda O‘zbekiston