Mirziyoyev Antalyaga nima uchun borishi maʼlum boʻldi
Shavkat Mirziyoyev 10–11-noyabr kunlari Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taklifiga binoan Turkiyaning Antalya shahriga boradi. Prezident BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 31-sessiyasida ishtirok etadi, yalpi majlisda soʻzga chiqadi va ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.
Turkiyaga ishchi tashrif haqida davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Iqlim sammitiga davlat va hukumat rahbarlari, yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari keladi. Ishtirokchilar konvensiya qoidalari qanday bajarilayotgani, ekologik tahdidlarga qanday javob berish va „yashil“ iqtisodiyotni birgalikda rivojlantirishni muhokama qiladi.
Mirziyoyev sammitning yalpi sessiyasida maʼruza qiladi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Oʻzbekiston BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasiga 1993-yilda qoʻshilgan, 2018-yilda esa Parij kelishuvi ishtirokchisiga aylangan.
Eslatib oʻtamiz, may oyida Shavkat Mirziyoyev Erdoʻgʻan bilan muzokaralar oʻtkazgan edi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.