The Japan News gazetasi O‘zbekistonni Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi “darvozasi” deb atadi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lmagan rahbarlarning kelajagi yo‘qligini aytdi. Hamma kameralardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Surat qo‘yib, sizni shunday “urib” chiqishlari mumkin. Buni hazm qilishni, tanqidni qabul qilishni o‘rganish kerak, — dedi viloyat rahbari.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bukmekerlik idorasini reklama qilgani uchun ikki blogerni jazoladi.
Huquq-tartibot idoralari Toshkent viloyatidagi “Uch qahramon” bozorida sodir bo‘lgan yirik yong‘in yuzasidan ish ochdi. Yong‘in bozor hududining 40 foizini yo‘q qilgan.
12-avgust kuni Toshkentning Yakkasaroy, Mirobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uzildi. Yoqilg‘i ta’minotini kechga yaqin qaytarishmoqchi.
12-avgustda havo issiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Armaniston va Ozarbayjon Tinchlik o‘rnatish va davlatlararo munosabatlar to‘g‘risidagi bitimning parafirlangan matnini e’lon qildi.
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Fidji prezidenti Naikama Tavakekolati Lalabalavga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Rossiyada migrantlar va chet el fuqarolari uchun mehnat hujjatlarini rasmiylashtirish bojini oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistondagi ish beruvchilarni bandlik markazlariga ishga qabul qilishni rad etganlik uchun jazolash bekor qilinadi.
Chiroqchi tumanida ayol qarindoshlari bilan birga erining o‘ynashini kaltakladi. Huquq-tartibot idoralari bezorilik moddasi bilan ish qo‘zg‘atdi.
Joriy yilning 1-noyabridan O‘zbekistonda ishsizlik nafaqalari oshiriladi, shu bilan birga ularni olish shartlari o‘zgartiriladi.
Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida gaz o‘chirildi. Mutaxassislar ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanmoqda, iste’molchilardan uzr so‘raldi.
O‘zgidromet: hafta davomida 38-40 daraja issiq, janubda 42 daraja issiqqacha, hafta oxiriga kelib 34-37 daraja issiqqacha asta-sekin pasayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda 13-avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
11-avgust kuni “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Ikki soat davomida 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in bilan kurashdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q, mutaxassislar yong‘in sabablari va zarar miqdorini aniqlamoqda.
Xorijiy, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun kasbiy imtihonlar 12-13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
11-avgust kuni O‘zbekistonda an’anaviy issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda qum aralash kuchli shamol esishi mumkin.
Prezidentga Toshkent shahrining energiya ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Taqdimotda energetika vaziri har bir tuman va mahalla kesimidagi rejalarni taqdimot qildi.
2025-yil 1-noyabrdan boshlab ishsizlik nafaqasi faqat bir qator shartlarga javob beradiganlar uchun taqdim etiladi, tizimning o‘zi esa yanada manzilli bo‘ladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-avgust kuni Alyaskada muzokaralar o‘tkazadi.
Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan tinchlik shartnomasini Donald Tramp ishtirokida imzoladi. Bundan tashqari, Vashington Ozarbayjon bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikka qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi 17 yoshli bo‘ysunuvchisiga jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda yordam berish bahonasida tegajog‘lik qilgan mahalla raisini qamoqqa oldi.
Shota Rustaveli ko‘chasidagi ishlar tufayli ba’zi avtobuslar yo‘nalishini o‘zgartirgan. Shahar aholisi va mehmonlaridan uzr so‘ralib, sayohatlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.
Farg‘onada bolani bosib ketgan ayol ikki yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi, ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi va yetkazilgan moddiy zararni to‘lash majburiyati yuklandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida qo‘llanilayotgan baholash tizimi boshqa oliygohlarda ham joriy etiladi. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish ularning to‘plagan ballariga qarab amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda abituriyentlarning OTMga kirish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Xususan, prezident imtihonlardan so‘ng abituriyentlar murojaat qilishi mumkin bo‘lgan OTMlar sonini ko‘paytirishni taklif qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi. Bishkekdan kelgan yo‘lovchi ichki kiyimida 550 mln so‘mlik taqinchoqlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
AQSHda Aliyev va Pashinyan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda tinchlik shartnomasi yoziladi. Uchrashuvni Tramp e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan suhbatlashdi. Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbariga 6-avgust kuni Moskva shahrida AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Moskvada migrantlarni yollagan islomistlarni qo‘lga olishga yordam berdi.