Oʻzbekistonda birja savdolarida avtobenzin hajmi ikki barobarga oshiriladi

O‘zbekiston

Haydovchilarni qoʻshimcha yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida tovar-xomashyo birjasida (OʻzRTXB) benzin sotish hajmi ikki barobarga koʻpaytirilmoqda. Gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilishi munosabati bilan ushbu qaror qabul qilindi.

Oʻzbekistonda birja savdolariga qoʻyiladigan avtomobil benzinining kunlik hajmi vaqtincha ikki barobarga oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Sovuq havo oqimi tufayli ayrim hududlarda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar joriy etilganligi sababli tegishli qaror qabul qilindi.

Avtomobil benzini hajmining koʻpaytirilishini taʼminlash uchun barcha hududlarda zarur zaxiralar yaratildi. Vazirlik, shuningdek, zarurat tugʻilganda, talab va taklifdan kelib chiqib, birja savdolariga qoʻyiladigan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligini taʼkidladi.

Isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratida turibdi.

Vazirlik, shuningdek, xususiy yoqilgʻi quyish shoxobchalari egalarini narxlarni oshirmaslikka va avtobenzinni sifat hamda miqdor meʼyorlariga muvofiq sotishga chaqirmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.