Lamborghini o‘zining noyob Egoista konsept-karini rekord darajadagi 117 million dollarga sotdi.
2013-yilda brendning 50 yilligi munosabati bilan yaratilgan ushbu model dastlab sotuvga chiqarilmagan edi. Biroq noma’lum milliarder kompaniyani aql bovar qilmaydigan summani taklif qilib, qarorini o‘zgartirishga ko‘ndirdi.
Egoista — bu aviatsiyadan ilhomlangan, qiruvchi samolyotga o‘xshash kabinali va faqat bitta haydovchiga mo‘ljallangan yagona avtomobil.