Fergani Space kompaniyasi mashhur oʻzbek olimi Ahmad al-Fargʻoniy nomi bilan atalgan birinchi sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi. Uchish AQSHning Vandenberg bazasida SpaceX tomonidan ishlab chiqarilgan Falcon 9 raketasi yordamida amalga oshirildi.
FGN-100-d1 deb nomlangan sunʼiy yoʻldosh Transporter-12 missiyasi doirasida yuborilgan. Ushbu uchirish davomida orbitaga 131 ta foydali yuk, jumladan, onlayn translyatsiya uskunalari, mikro sunʼiy yoʻldoshlar va orbital transport modullari olib chiqildi.
“Baykar” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi boʻlgan Selchuk Bayraktar boshchiligidagi “Fergani Space” kompaniyasi kosmik logistika va past orbital sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari boʻyicha ilgʻor yechimlarni ishlab chiqishga eʼtibor qaratmoqda.