Bloger va tadbirkor MrBeast TikTok AQSHda bloklanmasligi uchun uni sotib olmoqchi

Dunyo

Mashhur bloger va tadbirkor MrBeast (Jeyms Donaldson) X platformasida ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok`ni sotib olish niyatida ekanini eʼlon qildi. The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning toʻrtinchi choragida kompaniya 300 milliard dollarga baholangan.

Foto: Richard Shotwell / Invision / AP

13-yanvar kuni mashhur bloger va tadbirkor MrBeast (Jeyms Donaldson) oʻz akkauntida AQSHda bloklanishining oldini olish uchun TikTok`ni sotib olish rejalarini eʼlon qildi.

“Mayli, mayli, men TikTok`ni sotib olaman, toki uni laqillatishmasin”, — dedi amerikalik bloger X ijtimoiy tarmogʻida.

Shuni taʼkidlash kerakki, taniqli amerikalik blogerga allaqachon boy odamlar hamkorlik qilishga qiziqish bildirishgan.

“Taqdir hazilini qarangki, men tvit qoldirganimdan beri menga juda koʻp milliarderlar murojaat qilishdi, keling, buni amalga oshira olamizmi-yoʻqmi, koʻramiz”, — dedi Mr Beast X`dagi keyingi postida.

2024-yil aprel oyida AQSHda TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlash mumkin boʻlgan qonun loyihasi qabul qilindi. Senat toʻrtta qonun toʻplamini qoʻllab-quvvatladi, ulardan biri Xitoyning TikTok`ka egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasidan xorijiy kompaniya ilovasini sotishni talab qiladi. Bunga toʻqqiz oy ajratilgan.

Aks holda, ilova Amerika ilova doʻkonlaridan olib tashlanadi va foydalanuvchilar undan foydalana olmaydi. Muddat 2025-yil 19-yanvarda tugaydi, bu esa ushbu sanani platformaning kelajagi uchun asosiy sanaga aylantiradi.

The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning toʻrtinchi choragida mashhur TikTok ilovasi egasi ByteDance taxminan 300 milliard dollarga baholangan holda dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri boʻlib qolmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.