Neuralink miya chiplarining klinik sinovlarini davom ettirmoqda

Dunyo

Neuralink yana bir bemorga miya chipini muvaffaqiyatli implantatsiya qilgani haqida xabar berdi. Bu Ilon Mask kompaniyasidan miya implantini olgan uchinchi odam. Hammasi bo‘lib ular 2025-yil oxirigacha 20 tadan 30 tagacha shunday tartib-taomillarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Foto: Everyeye Tech

Uchinchi bemor Neuralink miya implantini oldi. Kompaniya 2025-yil oxirigacha yana 20 tadan 30 tagacha shu kabi jarayonlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda, dedi Neuralink asoschisi Ilon Mask.

“Ayni paytda bizda Neuralink implantlari bor uchta odam bor va ularning barchasi o‘zlarini yaxshi his qilmoqda”, — dedi Mask Las-Vegasdagi X ijtimoiy tarmog‘ida efirga uzatilgan tadbirda.

Ushbu qurilmalar falaj va ASB (yon amiotrofik skleroz) kabi kasalliklarni davolashda yordam berishi mumkin. Bu eksperimental muolajalar bo‘lib, odatda elektrodlarni miya to‘qimalariga joylashtirish uchun bosh suyagini trepanatsiya qilishni talab qiladi.

Bir yil oldin Neuralink birinchi bemor Noland Arbo implantatsiyasi haqida xabar berdi.

Ushbu qurilma yordamida miya buyruqlari simsiz tarmoq orqali kompyuterdagi ilovaga uzatiladi, bu esa implant egasiga uni fikrlash kuchi bilan boshqarishga imkon beradi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, texnologiya oyoq-qo‘llaridan foydalanish imkoniyatini yo‘qotgan odamlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.