O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun depozit joriy etish taklif qilindi
Ushbu tashabbus yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va uzoq muddatli investitsiya madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha ota-onalar va homiylarga bolalar balog‘atga yetgandan keyin foydalanishlari mumkin bo‘lgan jamg‘armalarni shakllantirish imkonini beradi. Bu O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomini mustahkamlaydi va davlat byudjetiga yuklamani kamaytiradi.