Mavzuga oid materiallar: ekspozitsiya

Repinning surati “taʼmirlandi” va Tretyakovkaga qaytarildi: jinoyatchi 2019-yildayoq koloniyaga joʻnatilgandi — qisqacha tarix

Dunyo

“Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan” — rassom Ilya Repinning asari shunday nomlangan boʻlib, u uzoq yillar davomida Tretyakov galereyasini bezab kelgandi. 2018-yilda tashrif buyuruvchilardan biri kartinaning oynasini sindirib, unga bir necha bor zarba bergan va buni “rasm dindorlar va Rossiya aholisining tuygʻularini haqorat qiladi” deb izohlagan. Zarar qariyb 300 ming dollarga baholandi. Erkak 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hozirda asar restavratsiyadan soʻng ekspozitsiyaga qaytarildi.