Apellyatsiya sudi G‘ayrat Do‘stovni jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin ozod qildi
3-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining apellyatsiya instansiyasida G‘ayrat Do‘stovning ishi ko‘rib chiqildi. Do‘stovga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, bu muddatning o‘talgan qismi uchun hisoblandi. Majlis janjallar bilan kechdi: avvaliga advokatlar, jurnalistlar va sudlanuvchining o‘zini sudga kiritmadilar. Sud jarayonida Do‘stovning ahvoli og‘irlashib, ozodlikka chiqqach, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.