Styuardessaga tegajog‘lik qilgan mast o‘zbekistonlik 5 sutka qamoq jazosiga hukm qilindi

O‘zbekiston

Sochi—Toshkent reysi yo‘lovchisi mast holatda Uzbekistan Airways bortkuzatuvchisining ketiga urib, unga tegajog‘lik qildi. Huquqbuzar Toshkent aeroportiga yetib kelgach, qo‘lga olinib, besh sutkaga qamoqqa olindi.

Фото: Uzbekistan Airports

Sochidan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY686 reysi yo‘lovchisi 31 dekabrdan 2025-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi samolyot bortida styuardessaga yopishib olgan. Bu haqda “Взгляд.uz”ga Toshkent aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasidagi manba ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 39 yoshli erkak alkogoldan mast holatda bo‘lgan. Samolyot bortida huquqbuzar 2002 yilda tug‘ilgan styuardessaga tegajog‘lik qilib, uning dumbasiga tushirdi.

Huquqbuzar Toshkent aeroportiga yetib kelgach, IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi inspektori T.K.Isakov tomonidan ushlandi.

Sud fuqaro E.J.ni 41-1 (Jinsiy ta’qib qilish) va 187 (Jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish) moddalari bilan aybdor deb topib, besh sutka qamoq jazosiga hukm qildi. Unga BHMning 1 baravari (375 ming so‘m) miqdorida jarima ham tayinlandi.

hodisa, samolyot, toshkent aeroporti, jinsiy shilqimlik

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.