Asad rejimining qulashi: Rossiyaning Suriyadagi bazalari kelajagi xavf ostida
Rossiyaning muhim aktivlari hisoblangan Tartus va Xmeymimdagi harbiy bazalari zaif ahvolda qoldi. Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan “Hayʼat Tahrir ash-Shom” guruhi avvalgi tuzumning xorijiy ittifoqchilariga tanqidiy munosabatda. Kreml mintaqadagi harbiy ishtirokini saqlab qolish uchun yangi hokimiyat bilan kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.