O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlanadi
2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi doirasida mamlakatda yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini tiklash maqsadida ov qilishga cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilgan. 2025-yil 1-sentyabrdan e’tiboran e’lon qilinadigan moratoriy 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.