Angliyada mavsumiy ishlarga roʻyxatdan oʻtish natijalari bekor qilindi
Britaniyaning HOPS kompaniyasi va Oʻzbekiston Migratsiya agentligi uchinchi shaxslar aralashuvi tufayli qishloq xoʻjaligi boʻsh ish oʻrinlari uchun tanlov natijalarini bekor qildi. Roʻyxatdan oʻtish uchun 3 millionga yaqin fuqaro ariza topshirgan, biroq platforma haddan tashqari yuklanganligi va qoidabuzarliklar haqidagi xabarlar tufayli jarayon qaytadan boshlanadi.