Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda

Dunyo

AQSHning saylangan prezidenti Rossiya yetakchisi bilan muzokaralar uning inauguratsiyasidan soʻng boshlanishini maʼlum qildi. Tramp Ukrainadagi urushning tugashi Putinning pozitsiyasiga bogʻliqligini taʼkidlab, mojaroni hal qilish uchun muloqotga tayyorligini taʼkidladi.

Foto: overclockers.ru

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “tezkorlik bilan” uchrashish niyatida ekanini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

AQSH va Rossiya yetakchilari oʻrtasida 2022-yil fevral oyida Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri birinchi uchrashuv boʻladigan uchrashuvning aniq muddatlariga aniqlik kiritmadi.

Newsmax nashriga bergan intervyusida Tramp urushni yakunlash boʻyicha oʻz strategiyasi haqidagi savolga javob berar ekan, “faqat bitta strategiya bor va u Putinga bogʻliq”, deb taʼkidladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya yetakchisi uchrashish istagini bildirgan va u Oq uydagi ishini boshlagandan soʻng darhol muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.