“Oʻzkomnazorat”ga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston prezidenti Farrux Rustamovni Axborot texnologiyalari va aloqa sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida farmon imzoladi.

Foto: “Oʻzkomnazorat”

Farrux Shoxruxovich Rustamov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari va aloqa sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (“Oʻzkomnazorat”) rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tayinlov Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan amalga oshirildi.

Rustamov bu lavozimda 2022-yil aprelidan beri inspeksiyani boshqarib kelgan Azam Abdullayev oʻrnini egalladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.