Tehronda Oliy sud sudyalariga hujum qilindi
Tehronda 18-yanvar kuni ertalab Eron Oliy sudi binosi yaqinida hujum sodir boʻldi. Ikki sudya — Ali Raziniy va Muhammad Mogʻisex halok boʻldi, yana biri yaralandi. Hujumchi voqea joyida oʻzini oʻldirdi. Sudyalar terrorizm va josuslik ishlari bilan shugʻullanishgan.