“Gremmi-2025” gʻoliblari: Kendrik Lamar “Not Like Us” uchun beshta mukofot bilan yetakchilik qilmoqda
3-fevral kuni ertalab Los-Anjelesdagi Crypto-com arenada 67-Gremmi mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Nomzodlar soni boʻyicha birinchi oʻrinni Beyonse egalladi, u birdaniga 11 ta nominatsiyaga nomzod boʻldi. Undan keyin Charli XCX — sakkizta nominatsiyaga ega. Billi Aylish, Kendrik Lamar va “Post Malone”da esa yettitadan. Kane Uest yana eʼtibordan chetda qolmadi.