Oʻzbekistonda tungi vaqtda efirga uzatiladigan telekanallar vaqtincha toʻxtatiladi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston hududlarida 3-24-fevral kunlari navbatma-navbat bir kechaga telekoʻrsatuvlar efirga uzatilishi toʻxtatiladi. Bu teleuzatkichlardagi profilaktik ishlar bilan bogʻliq. Telekanallar yoʻqolganda televizor yoki tyuner sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.

3-fevraldan 24-fevralga qadar Oʻzbekiston hududlarida davlat va nodavlat telekanallarining koʻrsatuvlari navbatma-navbat tunda (1:00 dan 6:00 gacha) toʻxtatiladi, deb xabar berdi Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi.

Ishlar televizion dasturlarning uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Telekanallarning uzilishi vaqtida televizor yoki tyuner sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.