
Toshkent mahallalarida binolar modernizatsiya qilinib, infratuzilma rivojlantirilmoqda
Toshkent shahrida shahar muhitini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan mahalla binolarini keng koʻlamli modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Yangilangan mahallalarda kutubxonalar, ona va bola xonalari, uchrashuv va tadbirlar oʻtkazish uchun jamoat joylari boʻladi.