Oʻzbekistonlik xonanda Shirin Abdullayeva 20 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xabar berdi.
Abdullayeva 2005-yil 14-dekabrda namanganlik tadbirkor Bahodir Abdullayev oilasida tugʻilgan. U 2023-yilda sanʼat yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori boʻlgan.
Abdullayeva “Loʻli”, “Metro”, “Bezori” kabi qoʻshiqlari bilan tanilgan.
U Pekindagi Sinxua universitetida tahsil olgan. Universitetda uni Oʻzbekistonning XXRdagi madaniyat elchisi deb atashardi.
“Men talabalarning turli madaniyatlarni tushunishini oshiradigan, xilma-xillikdagi birlikni haqiqatga aylantiradigan taʼlim almashinuvi loyihasini yaratmoqchiman”, — degandi Abdullayeva.