Oʻzbekiston ombor koʻchmas mulklarining oʻsish surʼatlari boʻyicha Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari orasida birinchi oʻringa chiqdi
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda logistika infratuzilmasini rivojlantirish jarayoni deyarli toʻliq Qozogʻiston bilan bogʻliq edi. Ammo 2024-yilda developerlik faoliyatining yangi oʻchogʻi — Oʻzbekiston paydo boʻldi. Bir mavsum ichida respublikada sifatli omborxonalar zaxirasi ikki baravar koʻpaydi. Biroq yakuniy koʻrsatkich biznesning real ehtiyojlariga nisbatan kichikligicha qolmoqda.