150 dan ortiq jinoiy ish: Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon korrupsiya aybi bilan 14 yilga qamaldi
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni korrupsiyada ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Uning turmush oʻrtogʻi Bushra Bibi ham aybli deb topilib, yetti yilga qamalgan.