AQSH Maduro haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 25 mln dollargacha oshirdi

Dunyo

Vashington prezident Nikolas Maduroning hibsga olinishiga olib keladigan ma’lumotlar uchun rekord darajadagi mukofot taklif qilib, Venesuela rahbariyatiga bosimni kuchaytirdi. Amerika hukumati va boshqa bir qator davlatlar uning yaqinda inauguratsiyasini tan olmadi va 2024-yilgi saylov natijalari bahsli bo‘lib qolmoqda.

Foto: РИА Новости

AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olish yoki hukm qilishga yordam beradigan ma’lumot uchun mukofotni 25 million dollargacha oshirdi. Shuningdek, mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrinoni qo‘lga olishga ko‘maklashuvchi ma’lumotlar uchun 15 mln dollar taklif qilindi, deb xabar berdi AQSH Moliya vazirligi sayti.

Ushbu qadamlar Amerika rasmiylari kuni kecha uchinchi marta prezidentlik lavozimiga rasman kirishgan Maduroning inauguratsiyasini tan olishdan bosh tortgani bilan bog‘liq.

2024-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Maduro 51,2 foiz ovoz olib, 44 foiz ovoz to‘plagan muxolifatchi nomzod Edmundo Gonsalesni ortda qoldirdi. Biroq, muxolifat natijalar bo‘yicha bahslashdi, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasining bir qancha davlatlari ham ularni qonuniy deb tan olishdan bosh tortdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.