Toshkent viloyatida Lion Park kontakt hayvonot bogʻida sherlar qoʻriqchini oʻldirib, yeb qoʻydi
Toshkent viloyatida Lion Park xususiy hayvonot bogʻida uchta sher qoʻriqchiga hujum qilib, uni oʻldirdi va jasadini tilka-pora qildi. Ikki yirtqichni trankvilizatorlar yordamida qafasga qaytarishga muvaffaq boʻlishdi, uchinchisini esa mahalliy ovchi otib tashlashga majbur boʻldi. Tergov boshlandi.