Kobuldagi portlashda vazir halok boʻldi: ISHID terrorchilik hujumiga javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi
Qochqinlar va qaytib kelganlar ishlari vaziri Halil ur-Rahmon Haqqoniy vazirlik hududida sodir boʻlgan portlashda halok boʻldi. “Islom davlati” javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan terrorchilik hujumi amaldor masjidga yoʻl olayotganida sodir boʻldi. U bilan birga yana bir necha kishi halok boʻldi, koʻpchilik jarohat oldi.