“Xalq banki” MIB oldidagi qarzdorligiga qaramay, reklamaga milliardlab mablag‘ sarfladi
“Xalq banki” o‘z brendini kitoblar va elektron nashrlarda targ‘ib qilish uchun ko‘p milliardli shartnoma tuzdi. Lekin jamoatchilikda davlat mablag‘lari va kreditlarga ishlovchi bank uchun bunday xarajatlar qanchalik o‘zini oqlaydi, degan savol tug‘ilmoqda. Bunday xarajatlarning shaffofligi va samaradorligi e’tibor markazida qolmoqda.